Toshkentda hindlar “Holi” bayramini nishonladi

  • 6
  • 19.03.2025 10:18:00
  • 1 daq o'qish

Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil va inoq yashab kelmoqda. Bu albatta xalqimizning bagʻrikengligidandir.

Hind xalqi har yilning fevral oxiri, martning boshlarida bo‘lib o‘tadigan “Holi” bayrami qish ustidan bahorning g‘alabasi sifatida oy to‘lganidan keyin ikki yoki uch kun mobaynida nishonlanadigan bayram boʻlib , ushbu bayramni hindlar ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi ekaniga ishonadi.

Festivaldagi har bir rang ma’lum ma’noni anglatadi: qizil — jo‘shqinlik, ko‘k esa Krishna, ya’ni e’tiqod va ruhiy kamolot, yashil — erkaklar kuch-quvvati, olovrang — quyosh, bilim va yangilanish, sariq — sog‘liq va tinchlik rangi hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News