
- 10
- 22.07.2024 14:30:00
- 1 daq o'qish


Bugun yani 18-iyuldan boshlab Tashkent City Mall savdo markazida “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli jadidlarning ta’lim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bag‘ishlangan multimedia ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Tarix fanlari nomzodi Bahrom Irzayev tomonidan to‘plangan arxiv materiallari orqali tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada Germaniyaga o‘qishga yuborilgan turkistonlik talabalarning tarixi ochib berilgan. Maxsus “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi uchun savdo markazidan 1400 kvadrat metrdan ortiq maydon ajratildi.
🎫Kirish narxi: 40 ming so‘m
🕐Vaqti: 10:00 dan 22:00 gacha
📍Manzil: Tashkent City Mall savdo markazi (Botir Zokirov ko‘chasi,7)