
- 16
- 21.11.2025 13:47:00
- 1 daq o'qish
Moskvadagi “Sun’iy intellekt olamiga sayohat” forumida Vladimir Putin yangi gumanoid robot — Green bilan tanishdi. Bu Rossiyaning birinchi sun’iy intellektli gumanoid robotidir. Robot prezident bilan salomlashib, o‘zini “texnologiyaning jismoniy ko‘rinishi” deb tanishtirdi va sevimli musiqasi ostida raqsga tushdi. Mazkur taqdimot alohida qiziqish uyg‘otdi, chunki avvalroq boshqa rus AI-roboti Aidol sahnada yiqilib tushib, e’tibor markaziga tushgan edi.