“Milan” “Inter”ga yutqazsa, Fonsekani isteʼfoga chiqaradi

“Milan” “Inter”ga yutqazsa, Fonsekani isteʼfoga chiqaradi
  • 10
  • 19.09.2024 14:48:00
  • 1 daq o'qish

Agar “Milan” “Inter”ga yutqazsa, bosh murabbiy Paula Fonseka isteʼfoga chiqarilishi mumkin. Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida “rossonerilar” beshta o‘yindan faqat bittasida g‘alaba qozona oldi. Kecha milanliklar Chempionlar ligasi doirasida “Liverpul”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

22-sentabr kuni “Milan” A Seriyaning 5-turida “Inter”ga qarshi maydonga tushadi. Klub rahbariyati Massimiliano Allegri bilan bir muncha vaqt aloqada bo‘lgan. Murabbiyning o‘zi allaqachon Milanga qaytishga rozi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News