- 3
- 18.04.2023 13:38:00
- 1 daq o'qish
Yangi Huawei Smart Band 8 NFC bilan jihozlangan hamda suvga chidamli qilib ishlab chiqarilgan. Huawei Smart Band 8 uyquni True Sleep texnologiyasi orqali monitoring qiladi. Korpusning og‘irligi 14 grammni tashkil etadi. Qondagi kislorod miqdorini nazorat qiladi. TruSeen ilovasi orqali yurak urushini ham monitoring qilib boradi. Qurilma quvvati 14 kunga yetadi. 5 daqiqa quvvatlanib ikki kun ishlashi mumkin. Yangi Huawei Smart Band 8 26-aprel kuni sotuvga chiqariladi. Narxi $40.