Huawei TalkBand B7 fitnes-trekerini taqdim etdi

Huawei TalkBand B7 fitnes-trekerini taqdim etdi
  • 7
  • 24.03.2023 16:34:00
  • 1 daq o'qish

Huawei Talkband B7 nomli eshitish garniturasiga ega fitnes-trekerini taqdim etdi. Talkband b7 2020-yilda chiqarilgan Talkband B6’ning yangi avlodi hisoblanadi. Gadjetni standart fitnes-treker yoki mikrofon bilan simsiz eshitish vositasi sifatida ishlatish mumkin. Korpus titan bilan qoplangan zanglamaydigan po‘latdan yasalgan va IP57 standartiga muvofiq suvga chidamli.

Fitnes-treker  imkoniyatlari: yurak urish tezligi sensori, puls oksimetri, uyquni kuzatish imkoniyati, stress darajasi va boshqalar mavjud. 10 ta sport rejimi ishlaydi. 120 mA/soat batareya taxminan 2 kunlik batareya quvvatini ta’minlaydi. Narxi 145 dollar deb e’lon qilindi. Sotuvlar 30-mart boshlanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News