Huawei HarmonyOS NEXT’ning Android komponentlarisiz beta-versiyasini chiqardi

Huawei HarmonyOS NEXT’ning Android komponentlarisiz beta-versiyasini chiqardi
  • 9
  • 24.10.2024 09:24:00
  • 1 daq o'qish

Xususiy operatsion tizim endi hech qanday Android komponentlariga bog‘liq emas. Uning o‘z yadrosi, fayl tizimi va kutubxonalari mavjud bo‘lib, bu uni butunlay mustaqil operatsion tizim qiladi.

Tizim allaqachon silliq ishlash hamda avtonomiyani ta’minlaydi va tizimda kichik hajmdagi operativ xotiraga ega qurilmalar tezroq ishlaydi. XiaoYi AI yordamchisiga katta e’tibor qaratilgan. U turli savollarga javob berishi, tasvirlarni tahrirlashi va qurilmani boshqarishga yordam berishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News