Gyundogan terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Gyundogan terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
  • 11
  • 20.08.2024 11:35:00
  • 1 daq o'qish

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan milliy futbol jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Futbolchining ta’kidlashicha, bu qaror mavsum davomidagi o‘yinlar ko‘pligi bilan bog‘liq. “Yevropa chempionati oldidan nafaqat tanamda, balki boshimda ham biroz charchoq paydo bo‘ldi, bu meni o‘ylashga majbur qildi”, deya xulosa qiladi sportchi.

Gyundogan 33 yoshda va 2023-yilning yozidan buyon Ispaniyaning “Barselona” jamoasida o‘ynamoqda. U Germaniya terma jamoasi safida 82 ta uchrashuvda 19 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News