“Flamengo” – Braziliyada muddatidan oldin chempion!

“Flamengo” – Braziliyada muddatidan oldin chempion!
  • 5
  • 05.12.2025 14:50:00
  • 1 daq o'qish

Braziliya ko‘chalarida yana bayramona shov-shuv: “Flamengo” jamoasi mavsum yakunlanmasdan turib mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu klub tarixidagi 8-chempionlik bo‘lib, 2020-yildan beri ilk bor eng yuqori pog‘onaga ko‘tarildi.

G‘alabadan keyin futbolchilar o‘ziga xos tarzda nishonlashdi — ular bosh murabbiy Felipe Luisni sahna ortida pivo bilan “cho‘miltirishdi”. Bu an’ana Janubiy Amerikadagi eng shovqinli va samimiy chempionlik nishonlashlaridan biri sifatida qayd etildi.

Felipe Luis bosh murabbiy sifatida klubda atigi bir yil ishlashiga qaramay, allaqachon 5 ta sovrin qo‘lga kiritdi. Uning taktik yondashuvi va jamoa boshqaruvidagi muvaffaqiyatlari Yevropada ham e’tiborsiz qolmadi. Yaqinda matbuotda “Atletiko Madrid” uni Diyego Simeonening potentsial vorisi sifatida ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ko‘pchilik mutaxassislar “Flamengo”ning bu yildagi o‘yini nafaqat Braziliya, balki butun Janubiy Amerika futboli uchun yorqin namuna bo‘lganini ta’kidlashmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News