
- 3
- 08.02.2025 12:40:00
- 1 daq o'qish
“Doʻstlik” ordeni sohibi, el suygan aktyor Xusan Musaboyev 8-fevral kuni 71 yoshida bu yorugʻ olamni tark etdi. Bu haqida Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Telegram kanalida xabar berildi.
Xusan Musaboyev “Ajoyib hayolparast”, “Bozor koʻrmagan yigit”, “Anora”, “Hayot mamot”, “Men bu men”, “Oʻgʻrigina kelin”, “Er bermoq – jon bermoq”, “Jiblajibon”, “Aldamadim, hazillashdim”, “Ana xolos!”, “Super xizmatkor”, “Yasha, xotin!” kabi koʻplab filmlardagi oʻziga xos rollari bilan tomoshabin mehrini qozongan.