Twitter effekti: Instagram va Facebook ham pullik “moviy belgi”ni joriy qiladi

Twitter effekti: Instagram va Facebook ham pullik “moviy belgi”ni joriy qiladi
  • 12
  • 20.02.2023 13:05:00
  • 1 daq o'qish

Instagram va Facebook platformalarida “galochka”ga ega bo‘lishni istagan foydalanuvchilar 11,99 dollar, “ayfonchilar” esa 14,99 dollar to‘lashi talab etiladi. Bu haqda Meta ma’lum (https://www.bbc.com/news/technology-64697560) qildi.
Avstraliya va Yangi Zelandiyada ushbu haftadan ishga tushiriladi. Keyinroq boshqa davlatlarda ham tasdiqlanganlik belgisi joriy qilinishi kutilmoqda. Foydalanuvchilar ushbu belgini sotib olishda shaxsiy ma’lumotlarga mos tushishi va profiliga o‘zlarining rasmlarini joylashi talab etiladi. 
O‘tgan yilning noyabrida Twitter obuna evaziga foydalanuvchilarga moviy belgi qo‘yishni joriy qilgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News