- 14
- 01.03.2023 17:41:00
- 1 daq o'qish
“Sayohat kundaligi” sahifasining navbatdagi manzili poytaxtimizning qoq markazida joylashgan Hazrati Imom me’morchilik ansambli.
Bu yerda siz Toshkentning ilk imomlaridan biri bo‘lgan Abu Bakr Qaffol ash-Shoshiy sharafiga XVI asrda bunyod etilgan maqbarani ziyorat qilishingiz mumkin. Bundan tashqari Baroqxon madrasasi (16-asr) va Qur’onning eng qadimiy nusxalaridan biri – “Usmon Mushafi” saqlanadigan Mo‘yi Muborak sizni moziyga yetaklaydi.
2007-yilda Birinchi Prezident I. Karimov tashabbusi bilan qurilgan Hazrati Imom masjidi ham ushbu ansamblga ko‘rk bag‘ishlaydi.
Sizga ushbu majmua yoqadimi?