
- 8
- 23.07.2025 10:36:00
- 1 daq o'qish
“Oskar” sovrindori, iste’dodli aktrisa Emma Stoun endilikda Louis Vuitton brendining global elchisi sifatida e’tirof etildi. U brendning 2025-yil kuz-qish kolleksiyasi uchun suratga olingan kampaniyada bosh qahramon sifatida ishtirok etmoqda.
Kampaniya taniqli suratkash Itan Jeyms Grin tomonidan Parijning Gare du Nord vokzalida tasvirga olingan. Suratlarda Emma Stoun va koreyalik model Chon Hoyon yangi “Express” sumkasi bilan ko‘rinish berishgan. Ushbu sumka — brendning 1930-yillardagi Speedy modelidan ilhomlanib, zamonaviy ruhda qayta ishlangan.
“Express” — bu grained charm va velvet charm kombinatsiyasidagi nafis aksessuar bo‘lib, oltin tonli fermuar va qulf bilan bezatilgan. Ushbu model 25-iyuldan boshlab oldindan buyurtmaga ochiladi va 1-avgustdan boshlab global savdoga chiqariladi.
Emma Stoun aslida Louis Vuitton bilan 2017-yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda. U ilgari ham “Capucines”, “Dauphine” va “New Classics” kolleksiyalarida ishtirok etgan. Brend ijodiy direktori Nikolya Jeskiyer uni “kino go‘zalligi va kuchli obraz yaratish qobiliyati” uchun tanlagan.
Bu hamkorlik modaning nafisligi bilan kinoning hissiy dunyosini uyg‘unlashtirgan noyob ijodiy loyiha desak adashmaymiz.