- 0
- 28.05.2025 09:44:00
- 1 daq o'qish
SpaceX o‘zining X ijtimoiy tarmogְ‘ida Starship raketasining 9-sinov parvoz vaqtida boshqaruv tizimi tufayli nosozlikka uchragani haqida xabar berdi. Ma’lum qilinishicha 27-may kuni Starship kosmik kemasi orbitaga uchirilayotganda parvoz balandligini boshqarish tizimi ishdan chiqqanligi tufayli parvoz boshlanganidan 10 daqiqa o‘tgach, kosmik kema bilan aloqa uzilgan.
Texnik sabablarga ko‘ra, sinov doirasida rejalashtirilgan sakkizta Starlink mini sun’iy yo‘ldosh imitatorlarini chiqarish uchun lyuk ochilmagan.