
- 8
- 15.02.2023 14:36:00
- 1 daq o'qish
Texnogigant kompaniyaning yangi egasi yangidan-yangi, noodatiy qarorlar qabul qilishda davom etmoqda. Ilon Mask Floki laqabli “siba-inu” zotidagi itini kompaniyaning yangi bosh direktori deb tanishtirdi.
“Yangi bosh direktor ajoyib, oʻsha boshqa yigitdan koʻra ancha yaxshiroq!”, – deb yozadi Ilon Mask.
Maskka koʻra, it raqamlarniyam yaxshi biladi va oʻziga xos uslubi bor.
Mask yaqinda foydalanuvchilar 4 mingtacha simvol yozib qoldira olishlarini joriy qilgandi.