Ilon Mask Wikipedia raqobatchisini yaratdi

Ilon Mask Wikipedia raqobatchisini yaratdi
  • 4
  • 04.11.2025 15:52:00
  • 1 daq o'qish

Ilon Mask Grokipedia nomli yangi platformani ishga tushirdi. Bu Vikipediyaga muqobil loyiha bo‘lib, unda qariyb 900 mingta maqola mavjud. Veb-sayt Grokipedia.com hozircha 0.1-versiyada ishlamoqda, biroq foydalanuvchilar allaqachon ayrim nosozliklar haqida xabar bergan. Vikipediya asoschilaridan biri Jimmi Uels esa Grokipedia muvaffaqiyatiga shubha bilan qaragan. Uning fikricha, sun’iy intellekt hozircha juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi. Avvalroq Maskning xAI kompaniyasiga tegishli Grok chat-boti soxta ma’lumotlar tarqatgani uchun tanqid ostiga olingan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News