BYD’dan sakraydigan elektromobil

  • 13
  • 11.04.2023 10:56:00
  • 1 daq o'qish

Kuni kecha Shanxayda BYD kompaniyasi o‘zining mutloq eksklyuziv imkoniyatlarga ega superkarini taqdim etdi. YangWang U9 jonli efirda namoyish etildi. Elektromobil boshqa biron bir elektromobilda mavjud bo‘lmagan funksiyalarga ega.
Avtomobil 1100 ot kuchiga ega elektr stantsiyasi bilan jihozlangan, u atigi 2 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi va bitta zaryadda 700 km masofani bosib o‘tishga qodir. 
Ishlab chiquvchilar uning sahnaga chiqishini, u yoqdan bu yoqqa tebranishini va turli g‘ildiraklarda osma balandligini mustaqil ravishda o‘zgartirishini ko‘rsatadi. Videoning oxirida sportkarning sakrashi va uchta g‘ildirakda ham harakatlanishi ko‘rsatilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News