Kongoda Ebola epidemiyasi kuchaymoqda

Kongoda Ebola epidemiyasi kuchaymoqda
  • 1
  • 17.08.2026 10:54:00
  • 1 daq o'qish

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi tez tarqalmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 12-avgust holatida 4 660 dan ortiq kasallanish va 2 184 ta o‘lim holati qayd etilgan. Har 30 daqiqada bir kishi ushbu kasallikdan vafot etmoqda.
BMT vakili Tom Fletcherning ta’kidlashicha, hozirgacha 2 mingdan ortiq odam Ebola sabab vafot etgan, yana ko‘plab insonlar xavf ostida.
Epidemiyaga qarshi kurashish uchun hududga qo‘shimcha mutaxassislar yuborilib, qariyb 300 million dollar mablag‘ ajratilgan. Davolash markazlari, bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarni kuzatish hamda xavfsiz dafn marosimlarini tashkil etish bo‘yicha choralar kuchaytirilmoqda.
Ebola Kongo Demokratik Respublikasining 6 ta viloyatida qayd etilgan. BMT dunyo hamjamiyatini epidemiyaga qarshi kurashga faolroq yordam berishga chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News