
- 1
- 11.08.2026 15:57:00
- 1 daq o'qish
YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qayd etilishicha, 9-avgust kuni T.U. ismli shaxs o‘zining Damas rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lda YPX xodimlarini ko‘rishi bilan harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan. Avtomobilni kuzatib borgan YPX xodimlari haydovchining uyi yaqinida mashinadan tushib qochmoqchi bo’lganida to‘xtatib qolishgan. Xodimlar uning og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelayotgani sababli tibbiy ko‘rikka olib borishga uringan. Shu paytda voqea joyiga haydovchining ikki ukasi, turmush o‘rtog‘i va qo‘shnisi yetib kelgan. Ular IIO xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, 2 nafar xodimga tan jarohati yetkazgan. Hozirda, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.