
- 17
- 09.08.2024 15:56:00
- 1 daq o'qish
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni sharafiga muyassar boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chempionlik jangida mezbon bokschi Bilal Bennamani magʻlub etib, delegatsiyamizga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini taqdim etdi.
Boks boʻyicha oʻsmirlar Olimpiadasi gʻolibi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov esa Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining finaliga yoʻllanma oldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz yarim finalda avstraliyalik Charli Seniorni magʻlubiyatga uchratib, 10-avgust kuni chempionlik uchun ringga koʻtariladigan boʻldi.
Shu tariqa, yarim finalgacha yetib kelgan 5 nafar bokschimizning barchasi hal qiluvchi bosqichga yoʻl olishdi.