Smartfonni quvvatlantirishda quyidagi 3 ta xatoni qilmang!

Smartfonni quvvatlantirishda quyidagi 3 ta xatoni qilmang!
  • 10
  • 22.03.2023 08:51:00
  • 1 daq o'qish

Texno gadjetlarni yoritib boruvchi ProAndroid portali foydalanuvchilar smartfonni quvvatlantirishda yo‘l qo‘yadigan eng katta xatolarni sanadi: 

1. G‘ilofni yechmaslik. Smartfonni g‘ilofi bilan birga quvvatlantirish akkumulyatorning qizib ketishiga sabab bo‘ladi. Shu bois quvvatlantirishdan oldin smartfoningiz g‘ilofini yechishni odatga aylantiring.

2. Tezkor quvvatlanishdan foydalanish. Darhaqiqat smartfondan shoshilinch tarzda foydalanish talab qilinmaganda bu funksiyadan foydalanish, doimiy ravishda tezkor quvvatlanish rejimida saqlash batareyaning degradatsiyasiga olib keladi. 

3. Quvvat foizi 5 dan pasayganda ulash. O‘ta past foiz yoki o‘chib qolganidan keyin quvvatlantirish akkumulyator va umuman olganda smartfga katta zarar keltiradi. Eng ma’quli – quvvat 15-20 foiz qolganida zaryadlashga qo‘ying.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News