
- 4
- 20.11.2024 16:02:00
- 1 daq o'qish
Meksikada eng mashhur va shov-shuvli go‘zallik tanlovlaridan biri bo‘lgan “Miss Universe” finali bo‘lib o‘tdi. Unda 125 dan ortiq mamlakatlardan kelgan qizlar ishtirok etdi.
Tarixda birinchi marta O‘zbekiston, Moldova va Belarusiyadan qizlarbu tanlovda ishtirok etishdi, ammo ular finalga chiqa olmadilar.
Finaldan bir necha kun oldin yarim final bo‘lib o‘tdi, natijalariga ko‘ra hakamlar hay’ati shu paytgacha yetib kelgan 125 qizdan 30 nafari tanlab olindi.
🔸“Miss Universe” tanlovida tarixda birinchi marta Daniya g‘alaba qozondi va “Koinot go‘zali–2024” g‘olibi Viktoriya Kyer Teylvig bo‘ldi.