Cry Analyzer — farzandingiz yig‘isi tarjimoni

  • 5
  • 25.04.2023 09:54:00
  • 1 daq o'qish

Farzandingiz nega tinmay yig‘layotganini bilmay xunob bo‘lsangiz, xitoyliklar yaratgan ajoyib yangi dastur aynan siz uchun. Ushbu Cry Analyzer dasturi yangi tug‘ilgan chaqaloqdan boshlab 6 oylik go‘dakning yig‘isi sababini topishingizga ko‘mak beradi. Dastur 20 000 dan ortiq yig‘i ovozini ajratib, sizga bolaning qorni och yoki biron yeri og‘riyotganini aniqlab beradi.
Buning uchun bolangiz yig‘laganda dasturni ishga tushirib 5 soniya unga yig‘ini yozib tahlil qilishiga imkon bersangiz bo‘ldi.

Siz farzand tarbiyasida turli gadjet va dasturlardan foydalanasizmi? Agar shunday bo‘lsa, ularni izohlarda yozib qoldiring.

#cryAnalyzer #gadjet #ilova #xitoy #TexnoOlami

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News