
- 6
- 20.02.2023 10:10:00
- 1 daq o'qish
Nufuzli insayderlardan biri Digital Chat Station yangi Meizu 20 Pro flagmanining ko‘rinishi qanday bo‘lishini oshkor qildi. Yangi flagman Samsung va iPhone brendlarining so‘nggi modellariga o‘xshashligi bilan ommaning e’tiborini tortdi. Kadrlarda Meizu 20 Pro smartfoni tekis display, o‘tkir qirralar, uchta modulli kameraga hamda o‘ziga xos kamera yoritgichlariga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Aftidan smartfon dizaynerlari Samsung S23 va iPhone 14 modellaridan ilhomlanishgan. Shu bilan bir qatorda brend smartfoning reklamasini juda yaxshi yo‘lga qo‘ydi bu esa smartfonning texnik imkoniyatlarini ochib berdi. Smartfon Snapdragon 8 Gen 2 chipi, LPDDR5X tezkor operativ xotiraga ega bo‘ladi. Yangi smartfonning namoyishi shu yili mart oyiga mo‘ljallanmoqda.
Nima deb o‘ylaysiz yangi smartfon Samsung, iPhone bilan bellasha oladimi?