O‘zbekiston va Qatarni bog‘lab turuvchi hunarmandchilik an’analari

  • 8
  • 06.11.2024 14:45:00
  • 1 daq o'qish

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Sirojiddin O‘sarov ayni paytda Qatarda media-turda bo‘lib turgan OAV vakillarini jurnalist va teleboshlovchilik kasbidan tashqari binoyidek kulol ekanligi bilan ham og‘zini ochib qo‘ydi.

Qatar iqlimi issiq boʻlgani uchun azaldan u yerda ham kulolchilik namunalari ya’ni hum va sopol buyumlardan keng foydalanilgan va bu an’ana hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda ekan.

Qatar kulolchiligi – bizdagi kabi hunarmandchilik emas, balki o‘ziga xos san’at turi va milliy merosning bir qismi hisoblanar ekan. Qatar kulolchili asrlar davomida boy madaniyat va an’analarni saqlab kelmoqda. Bu san’at turi Qatar xalqining hayoti, kundalik ehtiyojlari va estetik qarashlarini o‘zida aks ettirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News