Chiroqchi prokurori Qarshi tumaniga hokim etib tayinlandi

Chiroqchi prokurori Qarshi tumaniga hokim etib tayinlandi
  • 0
  • 10.03.2026 15:11:00
  • 1 daq o'qish

Qarshi tumanining avvalgi hokimi Zoir Aliqulov boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Viloyat hokimligining matbuot kotibi xabar berdi. 2024-yil aprelidan buyon Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Jasur Tursunov esa joriy yilning 10-mart kuni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Yangi hokim 1979-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Shuningdek, faoliyati davomida Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori vazifasida ham ishlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News