
- 1
- 11.08.2025 11:59:00
- 1 daq o'qish
Xitoy Oyga insonlarni olib chiqishga mo‘ljallangan Lanyue modulini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Xitoyning boshqariladigan kosmik parvozlar dasturi boshqarmasi xabar berdi.
Sinovlar Xitoyning shimolidagi Xebey viloyatida, Xuaylay tumanidagi poligonda o‘tkazilgan. Mutasaddilarga ko‘ra, bu – Xitoyning Oyga odam yuborish dasturidagi muhim bosqich hisoblanadi. Modul va u bilan ishlash jarayoni murakkab bo‘lgani ta’kidlangan.