ChatGPT

ChatGPT
  • 8
  • 20.02.2023 10:43:00
  • 1 daq o'qish

Sun’iy intellekt roboti hisoblanadigan ChatGPT ikki oydan biroz ziyod vaqt ichida 100 mln foydalanuvchiga erishdi va shu tariqa tarixda eng tez rivojlanayotgan ilovaga aylandi.

Suhbatga asoslangan sun’iy intellekt roboti unga yuborilgan savollarga odamga o‘xshash batafsil javoblar beradi. O‘ziga xos virtual yordamchi sifatida ishlaydigan ChatGPT kitoblar, maqolalar va veb-saytlar yordamida javoblarini tabiiy va ravon tarzda uzatadi.
ChatGPTdan foydalanish mutlaqo bepul. Ammo oylik $20 abonent toʻlovi bilan siz ChatGPTning Plus versiyasiga osongina kirishingiz, mazmunli va tezkor javob olishingiz mumkin.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News