Selin Dionning 1998-yildagi obrazi Barbi kolleksiyasidan joy oldi

Selin Dionning 1998-yildagi obrazi Barbi kolleksiyasidan joy oldi
  • 6
  • 15.10.2026 12:28:00
  • 1 daq o'qish

Mattel kompaniyasi kanadalik xonanda Selin Dionning 1998-yilgi “Oskar” mukofotini topshirish marosimida kiygan libosi asosida Barbi qo‘g‘irchog‘ini yaratdi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
Qo‘g‘irchoq xonandaning o‘sha kechadagi obrazini takrorlaydi: u to‘q ko‘k rangli, baland yoqali va uzun yengli libosda tasvirlangan. Obraz “Okean yuragi” marjonining nusxasi, kumush sirg‘alar va kashtan rangidagi soch turmagi bilan to‘ldirilgan.
Selin Dion 1998-yilgi marosimda Jeyms Kemeronning “Titanik” filmi saundtreki — My Heart Will Go On qo‘shig‘ini ijro etgan. Ushbu qo‘shiq xonandaning eng mashhur asarlaridan biriga aylangan.
Dion qo‘g‘irchoq uning ijodiy faoliyatidagi muhim lahzaga bag‘ishlanganidan mamnunligini bildirib, u insonlarni o‘ziga ishonishga, orzulari sari intilishga va o‘z ovozining kuchini qadrlashga ilhomlantirishiga umid qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News