
- 5
- 06.12.2025 15:16:00
- 1 daq o'qish
Xorazmdagi betakror to‘ylardan birida kutilmagan voqea yuz berdi. “Barselona” jamoasining ashaddiy muxlisi bo‘lgan qaynota to‘y dasturxonini nafaqat an’anaviy bezaklar, balki sevimli jamoasining bayrog‘i bilan ham bezadi. U devorga klub ramzi tushirilgan banner va Lionel Messi bilan yonma-yon turgan o‘zi aks etgan suratni ilib qo‘ydi.
Qaynota yangi kelindan o‘ziga xos hazil-aralash iltimos qildi — Messining suratiga “kelin salom” qilishni. Kelin odob va hurmat yuzasidan iltimosni rad etmadi va surat oldida egilib salom berdi. O‘sha onlarni aks ettirgan video tez orada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ko‘pchilik buni quvnoq, samimiy an’ana va futbol muhabbatining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida qabul qilsa, boshqalar ushbu holat atrofida turlicha fikr bildirmoqda. Har holda, voqea internetda keng rezonans uyg‘otganiga shubha yo‘q.