Afg‘on ayollari haqidagi “Non va atirgullar” hujjatli film

Afg‘on ayollari haqidagi “Non va atirgullar” hujjatli film
  • 10
  • 23.11.2024 13:05:00
  • 1 daq o'qish

Rejissyor Sahra Mani Afg‘oniston ayollari haqidagi “Non va atirgullar” nomli hujjatli film suratga oldi. Kartina ustida amerikalik aktrisa Jennifer Lourens va Nobel tinchlik mukofoti sovrindori Malala Yusufzay ishlagan. Film Afg‘onistonning Kobul shahrida suratga olingan. Ish tugagandan so‘ng, jamoaning barcha a’zolari, shu jumladan afg’on ayollari xavfsizlik maqsadida mamlakatni tark etishdi.

Filmda 3 ta asosiy qahramon bor —ishidan voz kechishga majbur bo‘lgan stomatolog, chet elga qochib ketgan muhojir va o‘z mustaqilligini tiklash uchun kurashayotgan, ish va mustaqilligini yo‘qotgan davlat xizmatchisi. Loyihaning asosiy konteksti-bu Tolibon hokimiyat tepasiga kelishi bilan odamlarning hayotida nima sodir bo‘lganligini o‘rganish va jasur, ammo yetarli resurslarga ega bo‘lmagan kurash harakatlari haqida.

Jennifer Lourensning aytishicha, uning oilasi bu ish xavfliligi sabab, loyihadan voz kechishiga undagan ammo u bunga “Albatta, bu xavfli. Ammo hayoti xavf ostida bo‘lgan 20 million ayol bor” deb javob bergan.
Premyera 22-noyabrda bo‘lib o‘tdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News