
- 13
- 09.03.2023 13:28:00
- 1 daq o'qish
Ushbu katta va judayam chiroyli sharshara qudratli Chotqol daryosining irmog‘i yonidagi daraning tubida joylashgan. Uning balandligi taxminan 20 metrni tashkil etadi.
⠀
Nomi bir xil bo‘lgan daryoning suvi tosh jarlikdan shag‘al to‘shagiga oqib tushadi, millionlab suv tomchilari esa ko‘pincha sharshara etagida kamalak hosil qiladi.
⠀
U Chorvoq-Oqbuloq tuproq yo‘lidan 3-5 km uzoqlikda joylashgan. Jarlik bo‘ylab ko‘z arang ilg‘aydigan yo‘lni ko‘rish mumkin, u to‘ppa-to‘g‘ri Chukuraksuga olib boradi.
Photo: Marat Nadjibaev