Apple buklanadigan smartfon ishlab chiqaradi

Apple buklanadigan smartfon ishlab chiqaradi
  • 1
  • 18.07.2025 09:56:00
  • 1 daq o'qish

Apple’ning birinchi buklanadigan smartfoni — iPhone Fold tafsilotlari oshkor qilindi. Qurilma 7.8 dyuymli buklanadigan OLED displey va 5.5 dyuymli tashqi ekran bilan jihozlangan. Yupqa (9 mm) korpusi va ilg‘or ilgak tizimi bilan burmasiz dizaynni taqdim etadi.
Ichki xususiyatlari orasida 2nm’lik A20 Pro chipi, 12 GB RAM, 1 TB xotira va Apple ishlab chiqqan birinchi 5G modemi bor. iOS 20 maxsus versiyasi ko‘p oynali interfeys, stilus qo‘llab-quvvatlovi va Stage Manager bilan iPad’ga o‘xshash tajriba yaratadi.
Chiqarilishi 2026-yil ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan. Narxi AQShda $1800–$2000, O‘zbekistonda esa 25 500 000 so‘m bo‘lishi mumkin. 

Siz Apple’ning buklamafonini sotib olgan bo‘larmidingiz?

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News