
- 10
- 20.01.2025 13:19:00
- 1 daq o'qish
Apple 2025-yilda AQShda ishlab chiqarilgan protsessorga asoslangan birinchi iPhone’ni chiqaradi. Dunyodagi yetakchi chip ishlab chiqaruvchi TSMC o‘zining Arizonadagi zavodini qurishga Tayvandagi zavodiga qaraganda ikki baravar ko‘p vaqt sarfladi.
iPhone uchun protsessorlarni sinovdan o'tkazish allaqachon yakunlangan. Agar muhandislar chiplarning yangi partiyasidan qoniqsa, kompaniya AQShda yig‘ilgan birinchi iPhone’larni chiqarishga tayyor bo‘ladi. Apple asosan Xitoyda smartfon va boshqa gadjetlarni yig‘adi.