
- 1
- 07.08.2025 08:15:00
- 1 daq o'qish
Apple kompaniyasi Siri jamoasini qayta tashkil etib, ChatGPT’ga o‘xshash sun’iy intellekt yordamchisini yaratishga kirishdi. MacRumors xabariga ko‘ra, Apple AQSH va Xitoyda “Javoblar, bilimlar va ma’lumotlar” jamoasi uchun o‘nlab yangi muhandislarni ishga qidirmoqda.
Yangi loyiha Siri’ni yangilash bilan cheklanmaydi. Bloomberg jurnalisti Mark Gurmanga ko‘ra, Apple “ChatGPT uslubidagi qidiruv xizmati” va “javoblar dvigateli” deb nomlangan, internetdan umumiy savollarga javob topuvchi tizim ustida ishlamoqda. Kompaniya, shuningdek, alohida ilova va yangi server infratuzilmasi yaratish imkoniyatini ham o‘rganmoqda.