
- 59
- 13.11.2025 13:03:00
- 1 daq o'qish
Tornyol startapi chivinlarga qarshi kurashning noodatiy yechimini topdi — ular havoda uchib, chivinlarni aniqlab yo‘q qiluvchi aqlli dronlarni yaratdi.
Atigi 40 gramm og‘irlikdagi bu mini kvadrokopterlar maxsus sensorlar yordamida chivinlarni aniqlaydi, ularning kuchli propellerlari esa hasharotlarni bir zumda yo‘q qiladi.
Dronlarni inson aralashuvisiz ma’lum hududni doimiy patrullashga dasturlash mumkin.
Xizmatning oylik obunasi $50, biroq foydalanuvchilar uni $1100 evaziga sotib olishlari ham mumkin.