
- 1
- 13.02.2026 10:11:00
- 1 daq o'qish
Istanbulda o‘zbekistonlik Durdona Hakimova qotilligi yuzasidan olib borilgan tergov davomida, o‘sha uyda yana bir o‘zbekistonlik ayol — 32 yoshli Ergashaliyeva Sayyora ham o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, jabrlanuvchi gumonlanuvchilardan biri bilan taxminan bir oy davomida birga yashagan. Xavfsizlik kameralarini o‘rgangan politsiya 24-yanvar kuni gumonlanuvchilar uyidan bir necha bor chiqib, qora chiqindi qoplari hamda oq rangli chamadon bilan ketganini aniqladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular chamadondagi jasad bo‘laklarini turli chiqindi konteynerlariga tashlagan.
So‘roq jarayonida Durdona Hakimova qotilligi bo‘yicha hibsda bo‘lgan gumonlanuvchilar Sayyora ham o‘sha uyda o‘ldirilganini tan olgan. Holat yuzasidan ularga nisbatan “qasddan odam o‘ldirish” moddasi bilan qo‘shimcha ish qo‘zg‘atildi.