- 1
- 30.04.2025 13:23:00
- 1 daq o'qish
Turkiya estradasining yorqin yulduzi Tarkan Germaniyadagi konserti vaqtida oilasida judolik yuz berdi. Xonandaning onasi Neshe Tevetog‘lu Antaliya shifoxonasida yurak xuruji tufayli vafot etdi. Unga onasi bilan soʻngi bora suhbatlashish nasib qilmadi.
Taʼkidlanishicha, o‘tgan yili Neshe Tevetog‘lu Istanbulda qon tomirlarida qonning yaxshi aylanmasligi tufayli shoshilinch operatsiya qilingan va undan keyin tiklanish davrida bo‘lgan. Biroq so‘nggi oylarda u yana bir bor oyoqlaridagi muammolari tufayli klinikada davolanayotgan edi.
🖇️Bu san’atkorlik kasbining qanchalik mashaqqatli va mas’uliyatli kasb ekanligining isbotidir.