
- 3
- 18.07.2024 16:58:00
- 1 daq o'qish
YouTube TikTok’dan ilhom olib Shorts video platformasi uchun yangi funksiyalarni taqdim etdi. Yangilanishlar orasida matndan nutqqa o‘tish xususiyati mavjud. Uni ishlatish uchun matnni yaratgandan so‘ng, foydalanuvchi yuqori chap burchakdagi “ovoz qo‘shish” belgisini bosib, mavjud to‘rtta ovozdan birini tanlaydi.
Shuningdek, platforma endi “avtomatik yaratilgan subtitrlar”ni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa CapCut kabi boshqa qo‘llab-quvvatlovchi ilovalardan foydalanish zaruriyatini yo‘q qiladi. Yangilanish Minecraft mavzusidagi effektlarni ham o‘z ichiga oladi.