
- 4
- 15.04.2023 14:07:00
- 1 daq o'qish
PUBG Mobile, CS:GO, Dota 2, FIFA va eFootball o‘yinlari bo‘yicha respublika miqyosida o'tkazilayotgan “Uzbekiston Esports Championship” turniri uchun 3 mingga yaqin (2894 ta) kibersportchi ro‘yxatdan (https://mitc.uz/uz/news/view/4418) o‘tdi. Ulardan jami 770 dan ortiq jamoalar tuzildi. Turnir sovrin jamg‘armasi 332 million so‘mni tashkil qiladi.
Chempionatning yarim final va final bosqichlari 5-8 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.