
- 9
- 25.03.2023 13:50:00
- 1 daq o'qish
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan.
Dengiz sathidan 2000 metr balandlikda tog‘lar orasidagi Sangardak qishlog‘i yaqinida joylashgan so‘lim go‘sha.
Sharshara yer sathidan 120 metr balandlikdan, tog‘ qoyasidan otilib tushadi. Mahalliy aholining aytishicha, uning zilol suvi tog‘lardagi muzliklarning erishidan oqib keladi.
Ajib tabiat, salqin shabada bu yerni odamlarning sevimli ziyorat maskaniga aylantirgan.
Xorijlik sayyohlarni ham o‘ziga rom etayotgan Surxondaryodagi Sangardak sharsharasi 1991-yildan keyin respublika aholisiga ma’lum bo‘lib, hududlardan tashrif buyuruvchilar soni ko‘paygan.


