
- 1
- 18.12.2025 16:55:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq, Messi, Suares va Rodrigo De Polning Hindistonga safar chog‘ida kayfiyati unchalik ham yaxshi bo‘lmagan selfi tarqalib, keng muhokama va kulgiga sabab bo‘lgandi. Barcha ularga gidlik qilgan yigitni ayblab, beruxsat selfi olishning oqibati shunday deb yozishgandi. Biroq gid keyinroq bir soniya o‘tib olingan fotoni joyladi. Unda “Inter Mayami” futbolchilarining yuz ifodalari ancha tabiiy va samimiy ko‘rinadi.