45 kg va 43 dyuymli ulkan noutbuk yaratildi

45 kg va 43 dyuymli ulkan noutbuk yaratildi
  • 8
  • 02.03.2023 12:39:00
  • 1 daq o'qish

Havaskorlar Evan va Keytlin qayta ishlangan materiallardan 43 dyuym ekranli ulkan noutbukni yig‘ishdi (https://www.neowin.net/news/this-giant-laptop-weighs-45-kilos-and-has-a-43-inch-display/). Uning og‘irligi naq 45 kgni tashkil etadi. Qurilma planshet kattaligidagi sensorli boshqaruvga ega.
Gigant noutbukning elektronikasi yog‘och korpus ichiga mustahkam joylashtirilgan. Unga Intel NUC 11 o‘rnatilgan. Noutbuk uchun maxsus mexanik va katta tugmali Redragon K605 Alien Giant klaviaturasi o‘rnatilgan. Qurilma ikkita 167 vattli batareyaga ega. Undan tashqari tashqi svetodiodlar uchun qo‘shimcha akkumlyator ham mavjud.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News