Qo‘lidan bir ish kelmagan futbolchi–elektrchi dunyoga mashhur bo‘ldi!

Qo‘lidan bir ish kelmagan futbolchi–elektrchi dunyoga mashhur bo‘ldi!
  • 1
  • 09.12.2025 16:27:00
  • 1 daq o'qish

Angliyada g‘aroyib voqea yuz berdi. O‘yin davomida stadion projektori to‘satdan o‘chib qolgach, “Rastxoll” klubi hujumchisi Charli Klouver — aslida kasbi bo‘yicha elektrik — muammoni hal qilish uchun maydon chetiga yugurdi.

Garchi u projektorni yoqa olmagan bo‘lsa ham, futbolchining samimiy va kulgili harakati videolarda millionlab tomosha qilinib, uni butun dunyoga mashhur qildi.

Uning urinishidan keyin yana bir bor isbot bo‘ldiki: ba’zan mashhurlik gol urishdan emas, kulgili vaziyatlardan ham kelishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News