
- 12
- 11.10.2024 09:22:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘zgarish yuz berdi. Kecha Eronga qarshi durang bilan yakunlangan bahsda terma jamoamiz hamda “Rubin” klubi himoyachisi Rustamjon Ashurmatov ikkita o‘yinda sariq kartochka olishi natijasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi uchrashuvida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.
Murabbiylar shtabi tomonidan uning o‘rniga “Paxtakor” klubi futbolchisi Diyor Xolmatov terma jamoaga jalb etildi.