4G Internet endi Oyda ham bo‘ladi

4G Internet endi Oyda ham bo‘ladi
  • 3
  • 29.03.2023 13:22:00
  • 1 daq o'qish

Nokia kompaniyasi joriy yil oxirigacha Oyda 4G mobil tarmog‘ini ishga tushirishni ma’lum qildi. U NASA homiyligida Artemis missiyasi doirasida ishtirok etadi. Nokia bosh muhandisi Luis De Teminoning so‘zlariga ko‘ra, uskunalar yaqin oylarda SpaceX raketasi yordamida yer sun’iy yo’ldoshiga yuboriladi. Oyning Janubiy qutbidagi Shaklton krateri infratuzilmani aniq joylashtirish uchun tanlangan.
Finlyandiya kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 4G kelajakda Oyga sayohat qiladigan kosmonavtlarga bir-biri bilan va KPM bilan aloqa qilish, texnikani masofadan boshqarish, video uzatish va boshqa ma’lumotlarni uyali tarmoq orqali uzatish imkonini beradi. Bunday holda, uyali aloqa an’anaviy radioga qaraganda barqaror va ishonchli bo‘ladi. Nokia buni SpaceX bilan birgalikda amalga oshiradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News