
- 4
- 05.01.2026 20:14:00
- 1 daq o'qish
2025-yilda sport olami katta yo‘qotishlarga duch keldi. Har bir afsona o‘z davrida millionlab muxlislarning qalbini zabt etgan va sport tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Ularning xotirasi abadiy yashaydi.
-
Boris Spasskiy (88 yosh) – 10-jahon shaxmat chempioni vafot etdi. Uning strategik ustaligi va unutilmas o‘yinlari butun avlod shaxmatchilarni ilhomlantirdi.
-
Laura Dalmayer – ikki karra Olimpiada chempioni Pokistondagi tog‘da tosh qulashidan halok bo‘ldi. Uning sportdagi yutuqlari uzoq yillar davomida esda qoladi.
-
“Liverpul” hujumchisi – rasmiy to‘yidan atigi 10 kun o‘tib, ukasi bilan avtohalokatda halok bo‘ldi. Bu voqea futbol olamida katta qayg‘u uyg‘otdi.
-
Xalk Xogan (72 yosh) – 1980-yillarda WWE sport turi Amerikada mashhurlashishiga katta hissa qo‘shgan afsonaviy yulduz vafot etdi. Uning karerasi professional wrestlingni global darajada tanitdi.
-
Aleksandr Dityatin (68 yosh) – uch karra Olimpiada chempioni va gimnastika ikonkasi vafot etdi. U o‘z avlodi sport tarixida eng buyuk sportchilar qatorida qoladi.
Afsonalar ketdi, ammo ularning xotirasi abadiy yashaydi.