JCH-2026: O‘zbekiston Ronalduning Portugaliyasiga qarshi maydonga tushadi

JCH-2026: O‘zbekiston Ronalduning Portugaliyasiga qarshi maydonga tushadi
  • 4
  • 06.12.2025 15:21:00
  • 1 мин оқу

Vashington shahridagi “Kennedy Center”da 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy musobaqada K guruhiga tushdi va endi futbol olamidagi yulduzlar — xususan, Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Guruhda, shuningdek, Kolumbiya hamda Yangi Kaledoniya/Yamayka/Kongo pley-off g‘olibi ham bor.

O‘zbekiston o‘z mundialdagi yurishini 17-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bellashuv bilan boshlaydi. Bu uchrashuv terma jamoamiz uchun muhim sinov bo‘lib, guruhdan chiqish yo‘lidagi ilk qadam hisoblanadi.

Qur’a tizimi

JCH-2026 yangi format asosida o‘tkaziladi:

  • Musobaqada 48 mamlakat ishtirok etadi.

  • Jamoalar 12 ta guruhga ajratildi.

  • Har bir guruhdan eng kuchli 2 ta jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

  • Ular qatoriga, shuningdek, 8 ta eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari qo‘shiladi va 1/16 finalni tashkil etadi.

2026-yilgi mundial O‘zbekiston uchun tarixiy imkoniyat bo‘lib, kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar o‘zini namoyon qilish uchun katta sahna vazifasini bajaradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News