Tailandda o‘lik deb o‘ylangan ayol tobut ichida tirikligi ma’lum bo‘ldi

Tailandda o‘lik deb o‘ylangan ayol tobut ichida tirikligi ma’lum bo‘ldi
  • 9
  • 25.11.2025 07:54:00
  • 1 мин оқу

Bangkok yaqinidagi ibodatxonada kutilmagan hodisa yuz berdi. Krematsiya uchun olib kelingan 65 yoshli ayol tobut ichida tirildi. Ibodatxona xodimlari ayol yotgan tobutdan tovush eshitib, uni ochganlarida ayolning qo‘llari va boshi biroz qimirlayotganini ko‘rishgan.
Ayolning ukasining aytishicha, opasi ikki yildirki yotib qolgan, ikki kun avval esa nafas olmayotgandek ko‘ringach, uni vafot etdi deb o‘ylagan. U opasini organ donorligi bilan bog‘liq vasiyati sabab Bangkokdagi shifoxonaga olib borgan, biroq rasmiy o‘lim guvohnomasi bo‘lmagani uchun qabul qilishmagan. Shundan keyin ukasi uni krematsiya xizmati bepul bo‘lgan ibodatxonaga olib borgan. Xodimlar unga o‘lim guvohnomasiz marosim o‘tkazib bo‘lmasligini tushuntirayotgan paytda tobut ichidan taqillash eshitilgan. Ayol darhol shifoxonaga yotqizildi, hozirda uning ahvoli barqaror. Shifokorlar tekshiruvida u aslida o‘lmagan, balki qonda shakar keskin tushib ketishi oqibatida hushidan ketgan bo‘lgani aniqlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News