
- 10
- 11.11.2025 16:16:00
- 1 мин оқу
Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ning Venadagi bosh qarorgohida tashkilot bosh direktori Rafael Grossiga O‘zbekistonning Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga qo‘shilish haqidagi hujjatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda Grossi O‘zbekistonning qisqa vaqt ichida yadroviy sohadagi to‘rtta asosiy xalqaro konvensiyaga qo‘shilganini aytib o‘tgan hamda yakunda O‘zbekistonga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirgan.